16:24 / 20.12.2018
2 775

Sulsherga transferlar uchun katta mablag‘ beriladi

Sulsherga transferlar uchun katta mablag‘ beriladi
«Manchester Yunayted»ning yangi bosh murabbiyi, mavsum oxiriga qadar bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Ole-Gunnar Sulsherga qishki transferlar uchun katta mablag‘ ajratiladi.

Mirror nashri xabar tarqatishicha, norvegiyalik mutaxassis yanvarda tarkibni kuchaytirish uchun 50 million funt (55 million yevro) oladi.

Qayd etilishicha, qishki transferlar chog‘ida «Manchester Yunayted» markaziy himoyachi va o‘ng qanot yarimhimoyachisini sotib olishni ko‘zlamoqda. Bu nuqtalarga asosiy da’vogarlar - Tobi Alderveyreld («Tottenhem») va Duglas Kosta («Yuventus»).

Shuningdek, «Napoli» himoyachisi Xolid Kulibali, «Portu» himoyachisi Eder Militao ham manchesterliklar nishonidagi futbolchilar sanalishadi.

«MYu» Angliya chempionatida 17 turda atigi 7 g‘alabaga erishdi va ayni vaqtda chempionat peshqadami «Liverpul»dan 19 ochko ortda qolgan holda 26 ochko bilan oltinchi o‘rinda joylashgan. Qoniqarsiz natijalar tufayli rahbariyat Joze Mourinoni ishdan bo‘shatdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sulsherga transferlar uchun katta mablag‘ beriladi