20:41 / 20.12.2018
3 790

Doston Yoqubov siltab ko‘tarish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi

Doston Yoqubov siltab ko‘tarish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi
Qatar poytaxti Doha shahrida o‘tkazilgan og‘ir atletika bo‘yicha "Qatar 5 th International Cup" musobaqasida o‘zbekistonlik Doston Yoqubov -61 kg vazn toifasida siltab ko‘tarish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi. Bu haqda O‘zbekiston og‘ir atletikasidan ma’lum qilishdi.

Ushbu rekord dastlab indoneziyalik Iravan Eko Yuli tomonidan o‘rnatilgandi – 174 kg. Doston Yoqubov esa 175 kg bilan 29 yoshli sportchining natijasini yangiladi.

Doston Yoqubov Qatarda o‘tgan turnirda dast ko‘tarish mashqida 138 kg, siltab ko‘tarish mashqida 175 kg, ikki yo‘nalish natijasiga ko‘ra 313 kilogrammlik natija bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Undan keyingi o‘rin esa Adhamjon Ergashevga nasib qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Doston Yoqubov siltab ko‘tarish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi