21:25 / 20.12.2018
4 404

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasiga yangi rais saylandi

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasiga yangi rais saylandi
Bugun, 20 dekabr kuni O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Oybek Kasimov, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi mutasaddilari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan asosiy masalalar tashkilotga yangi rais saylab olishdan iborat edi. Shuni inobatga olgan holda federatsiya rahbarligiga Aziz Kamilov nomzodi ilgari surildi. Konferensiya ishtirokchilari taqdim etilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlashdi va shu tariqa Aziz Kamilov O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining yangi raisi lavozimiga saylandi. Jamshid Nasriddinov esa federatsiya bosh kotibi lavozimida faoliyat olib boradigan bo‘ldi.

Konferensiya davomida so‘zga chiqqan Umid Ahmadjonov yangi rahbariyat oldiga mamlakatimizda dzyudo ommaviyligini oshirish, Tokio Olimpiadasida delegatsiyamiz hisobiga oltin medalni taqdim etish vazifasini qo‘ydi.

O‘z navbatida buning uchun Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan yetarli shart-sharoitlar yaratib berilishini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston dzyudo federatsiyasiga yangi rais saylandi