22:05 / 20.12.2018
3 166

O‘zbekiston FIFA reytingida 95-o‘rinda qoldi

O‘zbekiston FIFA reytingida 95-o‘rinda qoldi
Xalqaro futbol ittifoqi FIFA terma jamoalarning dekabr oyi uchun reytingini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi o‘tgan oydagi o‘rnini saqlab qoldi.

Dekabr oyi reytingida O‘zbekiston termasi 1251 ochko bilan 95-pog‘onani band etgan. Bu ko‘rsatkich bilan O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo miqyosida 14-o‘rinda bormoqda.

Qit’a bo‘yicha Eron terma jamoasi 1481 ochko jamg‘arib, yetakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarda Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni va Suriya terma jamoasi borishyapti. O‘zbekistondan yuqori o‘rinlarda, shuningdek, Xitoy, BAA, Livan, Ummon, Iroq, Qirg‘iziston va Qatar terma jamoalari borishmoqda.

Reytingning yuqori qismida o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarish bo‘lmagan. Birinchi o‘rinda 1727 ochko jamg‘argan Belgiya, ikkinchi o‘rinda 1726 ochko jamg‘argan Fransiya, uchinchi o‘rinda 1676 ochko jamg‘argan Braziliya joylashgan. Kuchli o‘nlikdan Xorvatiya, Angliya, Portugaliya, Urugvay, Shveysariya, Ispaniya va Daniya terma jamoalari joy egallashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston FIFA reytingida 95-o‘rinda qoldi