13:12 / 21.12.2018
4 520

Shohjahon Ergashev Nyu-Yorkda yengilmas bokschiga qarshi ringga chiqadi

Shohjahon Ergashev Nyu-Yorkda yengilmas bokschiga qarshi ringga chiqadi
Professional bokschimiz Shohjahon Ergashev 2019 yilning 23 fevralida Nyu-York shahrida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, ushbu bahsda o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasiga amerikalik yengilmas bokschi Maykl Foks raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun, Shohjahon shu kungacha professional boksda 16 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan (15 tasi nokaut bilan). Foks esa prof ringda 19 marotaba jang qilib, ularning barchasida raqiblarini taslim etgan. Janglarining 5 tasida u muddatidan oldin g‘alaba qozongan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shohjahon Ergashev Rossiyaning Krasnodar shahrida navbatdagi jangini o‘tkazib, argentinalik Nazareno Gaston Ruizni nokautga uchratgani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shohjahon Ergashev Nyu-Yorkda yengilmas bokschiga qarshi ringga chiqadi