11:38 / 22.12.2018
2 910

Ikki «Borussiya» bahsida Dortmundning qo‘li baland keldi

Ikki «Borussiya» bahsida Dortmundning qo‘li baland keldi
Germaniya chempionatining 17-turi markaziy uchrashuv bilan boshlandi. Bundesliga yetakchilari – «Borussiya» nomli ikki klub Dortmundda o‘zaro kuch sinashdi.

Hafta boshida «Fortuna» mehmoni bo‘lgan dortmundliklar Bundesliganing bu mavsumidagi ilk mag‘lubiyatini tan olgan, Menxengladbax jamoasi esa o‘z maydonida autsayder «Nyurnberg»ni mag‘lub etgan edi. Natijada jamoalar orasidagi 9 ochkolik farq 6taga qisqargan edi. Ammo kechagi bahsdan so‘ng oraliq marra avvalgi holiga qaytdi – Dortmund yana g‘alabali yo‘lga chiqib oldi.

Dastlab uchrashuvning 42-daqiqasida biroz avval zaxiradan tushirilgan Mario Gyotsening pasidan keyin Jeydon Sancho hisobni ochdi. Ammo bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Kristof Kramer mavsumda ilk marta golini urib, birinchi bo‘limdan so‘ng hisobda tenglik bo‘lishini ta’minladi.

Ikkinchi bo‘lim boshlanganiga ko‘p bo‘lmay, mezbonlar yana oldinga chiqib olishdi – Roys sobiq klubi darvozasini ishg‘ol etdi, bu uning chempionatdagi 11-goli bo‘ldi; Markoga yana Mario Gyotse pas uzatdi. Shu hisob o‘yin oxiriga qadar o‘zgarmay qoldi, Dortmundnig «Borussiya»si qishki tanaffusga chempionat peshqadami sifatida yo‘l oladigan bo‘ldi.

Amaldagi chempion «Bavariya» bugun «Ayntraxt» mehmoni bo‘ladi. Myunxenliklar Frayburgda g‘alaba qozonishsa, ikkinchi o‘rin egasi sifatida tanaffusga yo‘l olishadi.

Germaniya chempionati

Borussiya D – Borussiya M 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar:
1:0 – 42 Sancho, 1:1 – 45 Kramer, 2:1 – 54 Roys.

Borussiya D – Byurki, Pishchek, Vaygl, Toprak, Xakimi, Vitsel, Dileyni, Sancho (Volf, 90), Roys, Gerreyru (Bruun Larsen, 90), Pako Alkaser (Gyotse, 34).
Borussiya M – Zommer, Djonson, Bayer, Shtrobl, Vendt, Noyxaus (Kyuizans, 82), Kramer (Xofmann, 68), Zakariya, Xerrmann (Traore, 73), Plea, Azar.

22 dekabr
19:30. Hannover – Fortuna
19:30. Nyurnberg – Frayburg
19:30. Shtutgart – Shalke
19:30. Bayer – Herta
19:30. RB Leypsig – Verder
22:30. Ayntraxt F – Bavariya

23 dekabr
19:30. Augsburg – Volfsburg
22:00. Hoffenhaym – Mayns

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ikki «Borussiya» bahsida Dortmundning qo‘li baland keldi