15:53 / 22.12.2018
3 704

Bugun Londonda super revansh to‘qnashuv bo‘ladi

Bugun Londonda super revansh to‘qnashuv bo‘ladi
Bugun Londondagi “O2 Arena” arenasida mahalliy super og‘ir vaznli bokschilar Dillian Uayt va Derek Chisora o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lib o‘tadi.

30 yoshli Uayt (24-1, 17 KO) mazkur jangga birinchi bellashuvdagi qaraganda favorit sifatida yetib keldi. Ikki yil oldin Manchesterda bo‘lgan to‘qnashuvda Uayt 12 raund juda faol harakat qilgan va Chisorani ochkolar bo‘yicha mag‘lub etgan.

Bu yili Uayt sobiq jahon chempioni Lukas Braun (KO 6) va Jozef Parkerni (UD 12) mag‘lub etib, katta qadam tashlagan.

Chisora (29-8, 21 KO) 34 yoshda. Uaytga mag‘lub bo‘lgandan keyin kelib chiqishi zimbabvelik bo‘lgan bokschi Yevropa chempioni Agit Kabayel va iyulda dramatik jangda Karlos Takamni 8-raundda nokauntga uchratgan. Aynan shu g‘alaba unga chempionlikka da’vogarlar safidan o‘rin olishiga xamin yaratdi.

Ushbu juftlik g‘olibi kelasi yili 13 aprelda mazkur vaznda WBA/IBF/WBO/IBO chempioni Entoni Joshua yoki super og‘ir vaznda mutloq jahon chempioni Aleksandr Usikka raqib bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun Londonda super revansh to‘qnashuv bo‘ladi