Baxtiyor Ashurmatov OTMK bosh murabbiyligidan ketdi

  • 22 dekabr 2018, 16:43
  • 1 551
  • Sport
  • Baxtiyor Ashurmatov OTMK bosh murabbiyligidan ketdi
    Foto: «Championat.asia»
    Olmaliqning OTMK (yoki AGMK) jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov klubdan ketdi, deb yozadi «Championat.asia».

    Ta’kidlanishicha, klub va murabbiy do‘stona xayrlashgan. Ashurmatovning o‘rniga «Bunyodkor» bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov kelishi kutilmoqda.

    Ma’lumot uchun, OTMK joriy mavsum Ashurmatov qo‘l ostida O‘zbekiston Kubogi sohibi bo‘ldi. Jamoa finalda «Paxtakor»ni mag‘lub etdi.

    Endi klub Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga chiqish uchun Tojikistonning «Istiqlol» klubiga qarshi maydonga tushadi. O‘yin 2019 yil 12 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Baxtiyor Ashurmatov OTMK bosh murabbiyligidan ketdi