Tribuna.uz xabariga ko‘ra, klubni shu mavsum o‘z tarixida ilk marta O‘zbekiston kubogi g‘olibligi sari boshlab borgan Baxtiyor Ashurmatov bosh murabbiy lavozimidan ozod etilgan. Endilikda Baxtiyor Azamovichning o‘rnida «Bunyodkor» bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ish boshlashi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Olmaliq klubi 2019 yilda Osiyo Chempionlar ligasi saralashida ishtirok etadi. Jamoa guruh bosqichiga o‘tish yo‘lida 12 fevral kuni o‘z maydonida Tojikiston chempioni «Istiqlol»ni qabul qiladi. Uchrashuv g‘olibi bir haftadan so‘ng Saudiya Arabistonida «Al-Nasr»mehmoni bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Qosimov murabbiyligidagi «Bunyodkor» bu mavsumni moliyaviy qiyinchiliklar bilan o‘tkazdi. Klub noyabr oyi o‘rtalarida FIFA talabiga ko‘ra 6 ochkodan mahrum qilingach, chempionat tugashiga 2 tur qolganida bronza uchun kurashdan chiqdi va yakunda to‘rtinchi o‘rinni egalladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!
Har kuni kechqurun piyoda yurish organizmda qanday o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi?
AQSH Isroildan yuz o‘girdimi? Netanyahu Vashingtonga bormaydi
Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQSHga safarini bekor qildi
Rossiya ombudsmani: “Dunyo Moskva yaqinidagi terakt tashkilotchilarini topish yo‘lida birlashishi kerak”
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi