19:06 / 22.12.2018
2 843

AGMKning futzal jamoasi ham O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi

AGMKning futzal jamoasi ham O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi
Hozirgina poytaxtimizdagi "Yoshlik" sport majmuasida AGMK hamda “Bunyodkor” futzal jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston kubogi final o‘yini o‘z nihoyasiga yetdi.

Qiziqarli kechgan uchrashuv 2:0 hisobida olmaliqliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. E’tiborlisi, AGMK shu tariqa ketma-ket ikkinchi marta ushbu sovringa ega chiqdi.

O‘zbekiston kubogi-2018. Final

AGMK - Bunyodkor 2:0

Gollar:
Davron Abdurahmonov (23'), Konstantin Sviridov (39')

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum AGMKning bosh jamoasi ham O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » AGMKning futzal jamoasi ham O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi