22:14 / 22.12.2018
2 986

«Manchester Siti» o‘z uyida «Kristal Pelas»ga yutqazib qo‘ydi

«Manchester Siti» o‘z uyida «Kristal Pelas»ga yutqazib qo‘ydi
Angliya chempionatining 18-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti» – «Kristal Pelas» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Etixad Stedium»da kechgan bahsda kutilmagan natija qayd etildi.

Uchrashuvning 27-daqiqasida Ilkay Gyundogan mankunianlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa oradan ko‘p vaqt o‘tmay londonliklar bunga Jeffri Shlupp va Endros Taunsendlarning gollari bilan javob qaytarishdi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Luka Milivoyevich mehmonlarning uchinchi golini urdi. 85-daqiqaga kelib Kevin de Bryuyne hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Qolgan daqiqalar mezbonlarning hujumlari ostida o‘tdi, biroq «shaharliklar» mag‘lubiyatdan qutulib qola olishmadi.

Shu tariqa, «Manchester Siti» ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng 44 ochko bilan APL turnir jadvalining ikkinchi pog‘onasida qoldi va peshqadam «Liverpul» bilan o‘rtadagi farq to‘rt ochkoga yetdi. «Kristal Pelas» (18) esa 14-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

Ushbu uchrashuvda kiritilgan gollarni UFF.uz Media kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

APL, 18-tur

Manchester Siti – Kristal Pelas 2:3 (1:2, 1:1)

Gollar:
1:0 – 27 Gyundogan, 1:1 – 33 Shlupp, 1:2 – 35 Taunsend, 1:3 – 51, penalti Milivoyevich, 2:3 – 85 de Bryuyne.

Manchester Siti – Ederson, Laport, Otamendi (Aguero, 50), Stounz, Delf (de Bryuyne, 62), Sterling (Marez, 69), Bernardu Silva, Sane, Gyundogan, Uoker, Gabriel Jezus.

Kristal Pelas – Guaita, Tomkins, van Anxolt, Uan-Bissaka, Sako, Mayer (Panchon, 90), Milivoyevich, Taunsend, Makartur, Zaa (Ayyu, 88), Shlupp.

Ogohlantirishlar: Zaa (45), van Anxolt (75), Makartur (80), Guaita (90).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Manchester Siti» o‘z uyida «Kristal Pelas»ga yutqazib qo‘ydi