07:27 / 26.12.2018
3 397

Mbappe – yilning eng yaxshi fransuz futbolchisi

Mbappe – yilning eng yaxshi fransuz futbolchisi
France Football nashri 2018 yilning eng yaxshi fransuz futbolchisi nomini ma’lum qildi.

Bu nomga «PSJ» klubi va Fransiya termasi hujumchisi Kilian Mbappe loyiq ko‘rildi. Ovoz berish maxsus hakamlar hay’ati orqali tashkil qilindi. Unda asosan bu sovrinning avvalgi lauriyatlari ishtirok etishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mbappe France Football tomonidan tashkil qilingan marosimda yilning eng yaxshi yosh futbolchisiga atalgan sovrinni qo‘lga kiritgan, shuningdek «Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinni egallagandi.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mbappe – yilning eng yaxshi fransuz futbolchisi