21:00 / 26.12.2018
3 325

Azamat Abduraimov: "Osiyo Kubogida Milliy terma jamoamizdan chiroyli o‘yin kutib qolamiz"

Azamat Abduraimov: "Osiyo Kubogida Milliy terma jamoamizdan chiroyli o‘yin kutib qolamiz"
O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi, 1994-yilgi Osiyo o‘yinlari g‘olibi, ayni paytda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasini boshqarayotgan Azamat Abduraimov Osiyo Kubogi oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.

- Avvalambor, kirib kelayotgan yangi 2019 yil barchaga - futbolchilarga, murabbiylarga va muxlislarga omadli kelishini tilab qolaman. O‘zbekiston milliy terma jamoasidan esa yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogida chiroyli o‘yin kutib qolamiz. Umid qilib qolamizki, milliy terma jamoamiz qit’aning eng nufuzli musobaqasida chiroyli, kombinatsion, hujumkor o‘yin namoyish qilib, barchamizni xursand qiladi.

Terma jamoamizni ayni paytda juda tajribali, futbol olamida katta obro‘ga ega murabbiy boshqarmoqda. Futbolchilarimiz ushbu murabbiy qo‘lostida yana bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarila olishlariga ishonchim komil. Terma jamoamiz asta-sekin shakllanib boryapti. Oldinda katta musobaqalar kutib turibdi. Osiyo Kubogida yaxshi natija qayd etib, keyin esa eng muhimi - Jahon chempionati saralashida muvaffaqiyatli qatnashishimizga tilakdoshman
, - dedi murabbiy.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Azamat Abduraimov: "Osiyo Kubogida Milliy terma jamoamizdan chiroyli o‘yin kutib qolamiz"