22:05 / 26.12.2018
2 938

«MYu»da ishonchli g‘alaba, «Tottenxem» o‘zida «Bornmut»ga 5 ta gol urdi va boshqa natijalar

«MYu»da ishonchli g‘alaba, «Tottenxem» o‘zida «Bornmut»ga 5 ta gol urdi va boshqa natijalar
Angliya chempionatining 19-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar o‘z yakuniga yetdi.

«Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Xaddersfild»ni qabul qildi va ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Mankuniyanliklar safida Pol Pogba dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir golga Nemanya Matich muallif bo‘ldi. Mehmonlarning yagona javob to‘pini Yorgensen kiritdi.

«Tottenxem» klubi «Uembli»da «Bornmut» bilan kuch sinashdi va raqib darvozasini javobsiz besh bor nishonga oldi. O‘yinda Son Hin Min dubl qayd etdi, shuningdek, Kristian Eriksen, Lukas Moura va Xarri Keynlar o‘z hisoblariga bittadan gol yozdirib qo‘yishdi.

Parallel kechgan bahslarda «Everton» safarda «Byornli»ni yirik hisobda yengdi. «Kristal Pelas» esa «Kardiff» bilan durang o‘ynadi.

APL, 19-tur

Tottenxem – Bornmut 5:0
Gollar:
1:0 – 16 Eriksen, 2:0 – 23 Son Hin Min, 3:0 – 35 Lukas Moura, 4:0 – 61 Keyn, 5:0 – 70 Son Hin Min.

Tottenxem – Loris, Alderveyreld, Rouz, Uoker-Piters, Foyt, Sissoko, Uinks, Lukas Moura, Eriksen (Devis, 84), Son Hin Min, Keyn (Skipp, 77).
Bornmut – Begovich, Kuk, Deniels, Frensis (Riko, 45), Ake, Serman, Lerma, Bruks (King, 74), Stanislas, Freyzer, Uilson (Musse, 67).

Ogohlantirishlar: Lerma (45), Son Hin Min (76).

Manchester Yunayted – Xaddersfild 3:1
Gollar:
1:0 – 28 Matich, 2:0 – 64 Pogba, 3:0 – 78 Pogba, 3:1 – 88 Yorgensen.

Manchester Yunayted – De Xea, Lindelef, Shou, Diogu Dalot (Yang, 53), Djons, Fred (Errera, 53), Matich, Pogba, Mata (Gomes, 81), Lingard, Reshford.
Xaddersfild – Lessl, Shindler, Kongolo, Durm, Yorgensen, Kachunga (Leve, 57), Pritchard, Mbenza (Kvaner, 62), Billing, Xaderdjonay, Depuatr (Mune, 73).

Ogohlantirishlar: Kachunga (23), Fred (30).

Kristal Pelas – Kardiff 0:0

Kristal Pelas – Guaita, Tomkins, van Anxolt, Uan-Bissaka, Sako, Taunsend, Makartur, Mayer (Uikxem, 63), Milivoyevich, Zaa, Kuyate.
Kardiff – Eteridj, Morrison, Bamba, Bennett, Manga, Rid, Xarris, Rolls, Kamarasa, Xoylett, Pelter.

Ogohlantirishlar: Bamba (31), Xoylett (45), Kamarasa (77).

Bernli – Everton 1:5
Gollar:
0:1 – 2 Mina, 0:2 – 13 Din, 0:3 – 22, penalti Sigurdsson, 1:3 – 37 Gibson, 1:4 – 71 Din.

Bernli – Xart, Tarkovski, Mi, Teylor, Gibson (Maknil, 63), Kork, Vestvud, Xendrik (Gudmundsson, 63), Louton, Barns, Vouks (Vud, 73).
Everton – Pikford, Kin, Zuma, Din, Mina, Bernard (Devis, 80), Sigurdsson, Uolkott, Andre Gomesh (Guye, 75), Koulmen, Kelvert-Lyuin (Risharlison, 67).

Ogohlantirishlar: Sigurdsson (25), Andre Gomesh (30), Louton (30), Gibson (45).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «MYu»da ishonchli g‘alaba, «Tottenxem» o‘zida «Bornmut»ga 5 ta gol urdi va boshqa natijalar