11:13 / 27.12.2018
4 633

16 yoshli hamyurtimizdan yengilgan jahon chempioni bahsdan so‘ng nimalar dedi?

16 yoshli hamyurtimizdan yengilgan jahon chempioni bahsdan so‘ng nimalar dedi?
Shu kunlarda Rossiyaning Sankt-Peterberg shahrida shaxmatning blits va rapid yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazilmoqda.
Unda o‘zbekistonlik yosh aql-idrok sohiblari ham ishtirok etishmoqda.

Bellashuvlarda qatnashayotgan 16 yoshli hamyurtimiz Shamsiddin Vohidov bugun olamshumul sensatsiya qayd etdi. Rapid yo‘nalishidagi bahslarning ikkinchi raundida hamyurtimiz amaldagi jahon chempioni, grossmeyster, norvegiyalik Magnus Karlsenni mag‘lubiyatga uchratdi.

Bugungi o‘yinlardan so‘ng tajribali shaxmatchi uchrashuvlar borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Men oxirgi marta qachon bunday yomon o‘ynaganligimni eslay olmayman. Ha hozirda hisobimda 3 ochko bor, aslida vaziyat bundan-da yomon bo‘lishi ham mumkin edi. Endi yaxshilab hordiq chiqarib ertangi bellashuvlarga tayyorgarlik ko‘rishim kerak", - dedi norvegiyalik jahon chempioni.

Eslatib o‘tamiz, yosh shaxmatchimiz 24 noyabr – 2 dekabr kunlari Turkiyaning Konya shahrida o‘smirlar o‘rtasida Butunjahon shaxmat Olimpiadasida g‘olib bo‘lgandilar va shu munosabat bilan Prezident sovg‘asi – «Spark» avtomobillari bilan taqdirlangandilar.

Manba: SPORTS.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 16 yoshli hamyurtimizdan yengilgan jahon chempioni bahsdan so‘ng nimalar dedi?