O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning parlamentga murojaatnomasida jamiyatda sog‘lom turmush tarzi va sportni yanada ommalashtirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Prezident O‘zbekiston kelgusida yozgi Osiyo o‘yinlaridan biriga mezbonlik qilish bo‘yicha istiqbolli reja ishlab chiqish kerakligi haqida gapirdi.
«Mamlakatimizda qishki sport turlari bo‘yicha xalqaro talablar darajasida sportchilar tayyorlashning samarali tizimini yaratish kerak. Afsuski, hozirga qadar yurtimizda Olimpiya yoki Osiyo o‘yinlari kabi nufuzli sport musobaqalari o‘tkazilmagan.
Kelgusida yozgi Osiyo o‘yinlaridan biriga mezbonlik qilish bo‘yicha harakatlarni boshlashimiz kerak. Albatta, bu katta marra. Lekin biz bu marraga qodir ekanligimizni ko‘rsatsak, to‘g‘ri bo‘lar edi. Biz shunga munosibmiz desak, bu ham to‘g‘ri. Bu borada 3 oy muddat ichida tegishli choralar ishlab chiqiladi», dedi prezident. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi