20:42 / 28.12.2018
3 987

Oston O‘runov "Navbahor" klubini tark etdi (foto)

Oston O‘runov "Navbahor" klubini tark etdi (foto)
Namanganning "Navbahor" klubi a’zosi Oston O‘runov jamoani tark etdi. Bu haqda futbolchining o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilgan.

Instagram sahifasida O‘runov shunday deydi: "Birinchi shu jamoaga kelganimda meni hech kim tanimasdi. Hozirgi kunga yetib kelishimda mana shu akalarimning juda katta o‘rni bor. Hammalariga rahmat, bir yarim yil sizlar bilan birga o‘ynaganimdan xursandman. Bunday ahil jamoani boshqa ko‘rmasam kerak. Xudo xohlasa yana birga bo‘lish nasib qilsin. Albatta, muxlislarni ham o‘rni katta, shuncha qo‘llab-quvvatladinglar, borilarga shukr".

Saytimizda bir necha kun oldin Oston O‘runov "Krasnodar" klubi qiziqishlari doirasiga kirib qolgani borasida ma’lum qilgan edik. Ayni paytda tomonlar muzokaralar olib borishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oston O‘runov "Navbahor" klubini tark etdi (foto)