22:04 / 28.12.2018
3 470

Messi: «Yuventus» kuchli jamoa, Ronaldu bilan ular yanada kuchli bo‘ldi

Messi: «Yuventus» kuchli jamoa, Ronaldu bilan ular yanada kuchli bo‘ldi
«Barselona» klubi hujumchisi Lionel Messi «Yuventus» klubini Yevropa chempionlar ligasining joriy mavsumdagi asosiy favoritlar qatoriga kirishini aytib o‘tdi.

- Chempionlar ligasida guruh bosqich ortda qoldi. Qaysi jamoasi sizga ko‘proq yoqdi: «Yuventus», «Man Siti», «PSJ»?

- Men «PSJ» ning ko‘p o‘yinlarini ko‘rmadim, chunki biz ular bilan bir kunda o‘ynadik. Lekin ushbu klubda to‘p suradigan futbolchilarni bilaman va Fransiya chempionatidagi o‘yinlarini kuzatib boraman.

«Yuventus» - kuchli jamoa. Ronalduning kelganiga qadar ham shunday edi, lekin u bilan klub yanada kuchli bo‘ldi. Ular YeChL g‘olib bo‘lish uchun jiddiy da’vogar hisoblanadi.

«Man Siti» - juda ham yorqin jamoa, klubda yuqori darajali futbolchilar jamlangan. «Bavariya» yana yaxshi o‘yin namoyish qilmoqda. Bitta jamoani alohida olib aytish qiyin, chunki bu chempionlar ligasi», - deydi Messi.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi: «Yuventus» kuchli jamoa, Ronaldu bilan ular yanada kuchli bo‘ldi