22:31 / 28.12.2018
3 676

O‘zbekistonda yilning eng yaxshi sportchisi va sohaning boshqa laureatlari taqdirlandi

O‘zbekistonda yilning eng yaxshi sportchisi va sohaning boshqa laureatlari taqdirlandi
Bugun poytaxtimizda "Milliy sport mukofoti-2018" tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir "O‘zbekiston Xalqaro anjumanlar saroyi"da o‘tkazildi.

Quyida ushbu mukofotga sazovor bo‘lganlar bilan tanishib olishingiz mumkin:

"Eng yaxshi sport jamoasi" - Futbol bo‘yicha U-23 terma jamoasi. Futbolchilarimiz yanvar oyida Xitoyda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lgandilar.

"Yilning eng yaxshi innovatsion va intellektual faol federatsiyasi" - O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi.

"Yilning eng faol federatsiyasi" - O‘zbekiston kurash federatsiyasi.

"Hududlarda sportni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun" - Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov taqdirlandi.

"Eng yaxshi sport homiysi" sovrini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatovga topshirildi. Sovrinni uning yordamchisi qabul qilib oldi.

"Xalqaro maydonlarda o‘zbek sportini targ‘ib qilgani uchun" - jahon gimnastikasi afsonasi, Oksana Chusovitina taqdirlandi.

"Eng faol sport targ‘ibotchisi" yo‘nalishida MOQ Matbuot va media departamenti direktori Zafar Imomxo‘jayev taqdirlandi.

"Yilning eng yaxshi paralimpiyachisi" - Pauerlifting bo‘yicha Paraosiyo o‘yinlari chempioni Ro‘za Qo‘ziyeva.

"Yilning eng yaxshi sport jurnalisti" - Marina Yakubova.

"Sport sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun" - "O‘zReport" telekanali direktori Ravshan Jo‘rayev taqdirlandi.

"Eng yaxshi ijtimoiy loyihasi" - yo‘nalishida "Sport" telekanali direktori Zohid Karimov g‘olib.

"Yil kashfiyoti" yo‘nalishida og‘ir atletikachi, jahon chempionati g‘olibi Akbar Jo‘rayev g‘alaba qozondi.

"Yilning yosh va istiqbolli sportchisi" yo‘nalishida o‘smirlar Olimpiadasi g‘olibi, Osiyo va jahon chempioni Abdumalik Xalakov tengsiz bo‘ldi.

"Yilning eng yaxshi murabbiyi" - boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Marat Qurbonov ushbu yo‘nalishda g‘alaba qozondi.

"Yilning eng yaxshi ayol sportchisi" yo‘nalishida Osiyo o‘yinlarining uch karra chempioni, Osiyo o‘yinlari rekordchisi, yengil atletikachi Svetlana Radzivil g‘olib bo‘ldi.

"Yilning eng yaxshi erkak sportchisi" sifatida Bekzod Abdurahmonov tan olindi. Sportchi ayni paytda xorijiy yig‘inda bo‘lgani sababli sovrinni MOQ rahbari Umid Ahmadjonov qo‘lidan O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi bosh kotibi Shuhrat Mamadaliyev qabul qilib oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonda yilning eng yaxshi sportchisi va sohaning boshqa laureatlari taqdirlandi