23:47 / 28.12.2018
4 223

"Real" va "Liverpul"dan superalmashuv bo‘lishi mumkin

"Real" va "Liverpul"dan superalmashuv bo‘lishi mumkin
"Real" rahbarlari "Liverpul"ga yil transferini amalga oshirishni so‘radi. "El Gol Digital" xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" "qizillar" hujumchisi Muhammad Salohni olib kelishni istamoqda. Madridliklar misrlik futbolchi uchun Marko Asensioni "Enfild"ga qo‘yib yuborishga tayyor turibdi.

Aytilishicha, "blankos" prezidenti Florentino Peres 22 yoshli ispaniyalikning o‘yinlaridan mamnun emas va uning jamoadan ketishini istamoqda.

Bu mavsumda Saloh "Liverpul" tarkibida 26 o‘yinda qatnashib, 15 gol urdi va 7 golga assistentlik qildi. Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilda yakunlanadi. Futbolchining transfer narxi 150 million yevro qilib belgilangan.

Asensio esa bu mavsum "Real" tarkibida 25 o‘yinda 4 ta gol va golli uzatmani amalga oshirdi. Uning transfer narxi 80 million yevro atrofida baholanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Real" va "Liverpul"dan superalmashuv bo‘lishi mumkin