17:03 / 29.12.2018
4 855

Shohjahon va Shahram o‘rtasida jang bo‘lishi mumkin! (video)

Shohjahon va Shahram o‘rtasida jang bo‘lishi mumkin! (video)
Mamlakatimizda shu kunlarda yangi yil bayrami shukuhi kezib yuribdi. Bayram arafasida o‘zbek boks olamida ajoyib hodisa yuz berdi, deyiladi «Sports.uz» xabarida.

Poytaxtimiz restoranlarining birida o‘zbek professional boksining ikki yorqin yulduzi — yengilmas va nokautchi Shohjahon Ergashev hamda Shahram G‘iyosov o‘zaro to‘qnash kelib qoldi.

Nashr muxbiri ushbu uchrashuv to‘g‘risida Shohjahondan izoh so‘ragan.
«Ha biz uchrashdik, bu voqea qachonlardir sodir bo‘lishi kerak edi. Agarda promoutorlarimiz kelisha olsa, o‘rtamizda jang bo‘lishi mumkin. Bu jang albatta O‘zbekistonda o‘tadi. Shahram ham jangga tayyor va o‘tkazishga qarshi emas», – deydi Shohjahon Ergashev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shohjahon va Shahram o‘rtasida jang bo‘lishi mumkin! (video)