Boksga ixtisoslashgan "The Ring" jurnali 29 dekabr kuni “Yilning eng istiqbolli bokschisi” nomini e’lon qildi. Mazkur nominatsiyada amerikalik Teofimo Lopes g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Mazkur nominatsiyada o‘zbekistonlik super yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Murodjon Ahmadaliyev ham da’vogarlar qatoriga kiritilgan edi. Ammo yakunda Lopes 2018 yilning eng umidli bokschisi unvoniga munosib ko‘rildi.
Ahmadaliyev va Lopesdan tashqari “Yilning eng istiqbolli bokschisi” bo‘lish uchun yarim og‘ir vazn toifasi vakili Joshua Buatsi, yarim o‘rta vazn toifasi vakili Jeron Ennis va o‘ta og‘ir vazn toifasi vakili Filip Xrgovich ham da’vogarlik qilgandi.
Murodjon Ahmadaliyev so‘nggi marta 24 noyabr kuni amerikalik Ayzek Saratega qarshi jang o‘tkazib, 9-raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongan va o‘zining WBA InterSontinental kamarini himoya qilgandi. Noyabr oyi yakunlariga ko‘ra, u super yarim yengil vazn toifasining WBA reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarilib olgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!