20:57 / 29.12.2018
2 933

Unai Emeri: «PSJ»da Salohning salohiyatiga shubha bilan qaragan edik»

Unai Emeri: «PSJ»da Salohning salohiyatiga shubha bilan qaragan edik»
«Arsenal» bosh murabbiyi Unai Emeri «Liverpul»ga qarshi bugun bo‘lib o‘tadigan o‘yin oldidan raqib hujumchisi Muhammad Saloh borasida bir faktni aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2016-2018 yillarda «PSJ»ni boshqargan davrida misrlik hujumchi transferi masalasi kun tartibida bo‘lgan.

«Biz Salohni «PSJ»ga olib kelish masalasini muhokama qilgandik. O‘sha paytda u «Roma» o‘yinchisi edi. Bizda unga nisbatan biroz ishonchsizlik bor edi. Keyin u «Liverpul» bilan shartnoma tuzdi va shu jamoada barcha shubha-gumonlarga barham berdi. Hozir jahonning eng yaxshi besh futbolchisini sanasak, Saloh – ulardan biri. Salohga nega ishonchsizlik bilan qaragan edik? Chunki u «PSJ»dek katta klubda o‘ynab keta olarmikan, deb o‘ylaganmiz» – deya aytib o‘tgan Emerining so‘zlarini keltirdi Kun.uz.

Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli Muhammad Saloh 2017 yilning yozida «qizillar» safiga o‘tgan, uning rimliklardan transferi qiymati 42-50 mln yevro atrofida bo‘lgandi.

«Liverpul»–«Arsenal» uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:30da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Unai Emeri: «PSJ»da Salohning salohiyatiga shubha bilan qaragan edik»