10:10 / 30.12.2018
3 072

​O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Toshkentga yetib kelishdi

​O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Toshkentga yetib kelishdi
O‘FA matbuot xizmatining ijtimoiy tarmoqdagi xabariga ko‘ra, Kuper qo‘lostida Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko‘rayotgan bosh jamoamiz a’zolari tunda Toshkent Xalqaro aeroportiga yetib kelishdi.
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 15 dekabridan beri Turkiyaning Antaliya shahrida yig‘in o‘tkazayotgan edi. Bugun tunda terma jamoamiz a’zolari Antaliyadagi yig‘inni yakunlab Toshkentga qaytib kelishdi.

Yig‘in doirasida bitta nazorat o‘yini o‘tkazish rejalashtirilgandi. Ammo milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi keyinchalik bu fikrdan qaytib, turli jarohatlarni oldini olish maqsadida nazorat uchrashuvi o‘tkazmaslikka qaror qilgani haqida ham xabar bergandik. Endi futbolchilarimiz 3 kun dam olishganidan so‘ng, 2 yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi-2019ga yo‘l olishadi.

Eslatib o‘tamiz, Ektor Kuper quyidagi 23 nafar futbolchi bilan Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkaziladigan qit’a musobaqasida yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Darvozabonlar:
1. Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv")
12. Sanjar Quvvatov ("Nasaf")
21. O‘tkir Yusupov ("Qo‘qon-1912")

Himoyachilar:
2. Akmal Shorahmedov ("Paxtakor")
3. Doston Tursunov ("R. Yamaguchi", Yaponiya)
4. Farrux Sayfiyev ("Paxtakor")
5. Anzur Ismoilov ("Lokomotiv")
6. Davron Hoshimov ("Navbahor")
13. Oleg Zoteyev ("Lokomotiv")
15. Yegor Krimets ("Paxtakor")
20. Islom To‘xtaxo‘jayev ("Lokomotiv")

Yarim himoyachilar:
8. Ikrom Aliboyev ("Seul", Janubiy Koreya)
9. Odil Ahmedov ("Shanxay SIPG", Xitoy)
11. Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor")
14. Eldor Shomurodov ("Rostov", Rossiya)
16. Aziz Turg‘unboyev ("Navbahor")
17. Doston Hamdamov ("Anji", Rossiya)
18. Fozil Musayev ("Jubilo Ivata", Yaponiya)
19. Otabek Shukurov ("Sharja", BAA)
22. Javohir Sidiqov ("Qo‘qon-1912")
23. Odil Hamrobekov ("Nasaf")

Hujumchilar:
7. Sardor Rashidov ("Lokomotiv")
10. Marat Bikmayev ("Lokomotiv")

Manba: O‘FA matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » ​O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Toshkentga yetib kelishdi