23:35 / 30.12.2018
3 224

«Manchester Yunayted» «Old Trafford»da «Bornmut»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

«Manchester Yunayted» «Old Trafford»da «Bornmut»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Angliya chempionatining 20-turidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted» – «Bornmut» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Old Trafford»da bo‘lib o‘tgan bahs mezbonlarning yirik g‘alabasi bilan tugadi.
Uchrashuvning 5-daqiqasida Pol Pogba jamoasini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 33-daqiqada fransiyalik futbolchi dublini nishonladi. Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasida Markus Reshford mankunianlarning uchinchi golini urdi. Biroq tanaffus arafasida mehmonlar Akening golidan so‘ng hisobni qisqartirishdi.
72-daqiqada Romelu Lukaku o‘yinga mantiqiy nuqtani qo‘gan golga muallif bo‘ldi. Uchrashuvni mezbonlar kamchilikda yakunlashga majbur bo‘lishdi, 79-daqiqada Erik Bayi raqib futbolchisiga nisbatan keskin harakat qilgani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olib maydonni tark etdi.
Shu tariqa, Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari ketma-ket uchinchi g‘alabalarini qo‘lga kiritishdi. «MYu» ochkolarini 35taga yetkazib olgan holda oltinchi o‘rin bormoqda. «Bornmut» (26) esa 12-pog‘onada qoldi.
APL, 20-tur
Manchester Yunayted – Bornmut 4:1 (3:1, 1:0)
Gollar:
1:0 – 5 Pogba, 2:0 – 33 Pogba, 3:0 – 45 Reshford, 3:1 – 45+2 Ake, 4:1 – 72 Lukaku.
Manchester Yunayted – De Xea, Bayi, Shou, Yang, Lindelef, Pogba, Matich, Lingard, Errera (Pereyra, 76), Marsyal (Djons, 82), Reshford (Lukaku, 70).
Bornmut – Begovich, Ake (Mingz, 82), Deniels, Riko, Kuk, Serman, Ayb, Stanislas, Bruks (Musse, 66), King, Uilson (Freyzer, 66).
Ogohlantirishlar: Yang (36), Errera (51).
Chetlatish: Bayi (79).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Manchester Yunayted» «Old Trafford»da «Bornmut»ni yirik hisobda mag‘lub etdi