10:48 / 31.12.2018
5 094

Osiyo Kubogi-2019 o‘yinlari o‘tkaziladigan stadionlar haqida (foto)

Osiyo Kubogi-2019 o‘yinlari o‘tkaziladigan stadionlar haqida (foto)
BAA mezbonlik qiluvchi Osiyo Kubogi boshlanishiga oz muddat qoldi.
Osiyo Kubogi o‘yinlari 4 ta shaharda joylashgan 8 ta stadionda bo‘lib o‘tadi. Abu Dabida 3 ta, Dubay va Al Aynda 2 tadan, Sharjada 1 ta stadion qit’a chempionati o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Quyida har bir stadion haqida o‘quvchilarimizga ma’lumot beramiz.

"Zayd Sports Siti" stadioni
Shahar: Abu Dabi
Sig‘imi: 43000

BAAdagi eng yirik stadionlardan biri. Aynan shu stadionda Osiyo Kubogi finali o‘tkaziladi. "Barselona", "Milan" va "Real Madrid" mana shu o‘yingohda klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati kubogini qo‘lga kiritishgan.

Ushbu stadion 1979 yilda ochilgan, 2009 yilda qayta ta’mirlangan stadionning rasmini 200 dirhamda ham ko‘rish mumkin.

Bu stadionda o‘tadigan Osiyo Kubogidagi o‘yinlar ro‘yxati:
5 yanvar BAA - Bahrayn
8 yanvar Iroq - Vetnam
10 yanvar Hindiston - BAA
13 yanvar Ummon - Yaponiya
17 yanvar Saudiya Arabistoni - Qatar
21 yanvar 1/8 final
25 yanvar 1/4 final
1 fevral FINAL

"Muhammad bin Zayd" stadioni
Shahar: Abu Dabi
Sig‘imi: 42056

"Al Jazira" klubining uy stadioni. 1979 yilda 15000 tomoshabinga mo‘ljallab qurilgan. 2010 yil klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati oldidan qayta ta’mirlanib, sig‘imi kattalashtirilgan.
Mazkur stadion nomi Abu Dabi valiahd shahzodasi Muhammad bin Zayd bin Sulton Al Nahyon sharafiga qo‘yilgan.

Bu stadionda o‘tadigan Osiyo Kubogidagi o‘yinlar ro‘yxati:
7 yanvar Eron - Yaman
11 yanvar Filippin - Xitoy
15 yanvar Falastin - Iordaniya
17 yanvar Ummon - Turkmaniston
20 yanvar 1/8 final
24 yanvar 1/4 final
29 yanvar 1/2 final

"Al Nahyon" stadioni
Shahar: Abu Dabi
Sig‘imi: 12000

2003 yilgi U-20 Jahon chempionati uchun qurilgan. "Al Vahda" klubi uy stadioni hisoblanadi. Osiyo Kubogi o‘yinlarini qabul qiluvchi Abu Dabi shahridagi uchinchi o‘yingoh.

Bu stadionda o‘tadigan Osiyo Kubogidagi o‘yinlar ro‘yxati:
6 yanvar Tailand - Hindiston
9 yanvar Yaponiya - Turkmaniston
12 yanvar Vetnam - Eron
13 yanvar Janubiy Koreya - Xitoy
22 yanvar 1/8 final

"Al Maktum" stadioni
Shahar: Dubay
Sig‘imi: 15000

"Al Nasr" klubining uy stadioni. Mazkur stadionning tashqi tomoni xuddi "Bavariya" o‘yingohi kabi o‘z rangini o‘zgartirish xususiyatiga ega.

Bu stadionda o‘tadigan Osiyo Kubogidagi o‘yinlar ro‘yxati:
7 yanvar Janubiy Koreya - Filippin
10 yanvar Bahrayn - Tailand
12 yanvar Livan - Saudiya Arabistoni
16 yanvar Eron - Iroq
20 yanvar 1/8 final
24 yanvar 1/4 final

"Rashid" stadioni
Shahar: Dubay
Sig‘imi: 12000

"Al Shabab Al Arabi" klubining uy stadioni. To‘rt yil avval bu stadion sig‘imini 60 ming qilish rejalashtirilgandi. Biroq reja amalga oshmadi.
Bu o‘yingohda Osiyo Kubogining 5 ta o‘yini bo‘lib o‘tadi. Ulardan biri Turkmaniston - O‘zbekiston uchrashuvi.

Bu stadionda o‘tadigan Osiyo Kubogidagi o‘yinlar ro‘yxati:
8 yanvar Saudiya Arabistoni - KXDR
11 yanvar Falastin - Avstraliya
13 yanvar Turkmaniston - O‘zbekiston
16 yanvar Qirg‘iziston - Filippin
22 yanvar 1/8 final

"Sharja" stadioni
Shahar: Sharja
Sig‘imi: 11073

Osiyo Kubogi o‘yinlarini qabul qiluvchi eng kichkina sig‘imli stadion. Bu yerda 2003 yilgi U-20 Jahon chempionati bahslari o‘tkazilgan.
O‘zbekiston terma jamoasi 2019 yilgi qit’a chempionatini aynan shu stadionda Ummonga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

Bu stadionda o‘tadigan Osiyo Kubogidagi o‘yinlar ro‘yxati:
6 yanvar Suriya - Falastin
9 yanvar O‘zbekiston - Ummon
12 yanvar Yaman - Iroq
14 yanvar Hindiston - Bahrayn
17 yanvar Livan - KXDR
21 yanvar 1/8 final

"Xazza bin Zayd" stadioni
Shahar: Al Ayn
Sig‘imi: 25965

2014 yilda qurib bitkazilgan stadion. "Al Ayn" klubi o‘z uy o‘yinlarini mana shu yerda o‘tkazib kelmoqda. Bu yerda Osiyo Kubogining 8 ta uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Bu stadionda o‘tadigan Osiyo Kubogidagi o‘yinlar ro‘yxati:
6 yanvar Avstraliya - Iordaniya
9 yanvar Qatar - Livan
11 yanvar Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
13 yanvar BAA - Tailand
16 yanvar Vetnam - Yaman
20 yanvar 1/8 final
25 yanvar 1/4 final
28 yanvar 1/2 final

"Xalifa bin Zayd" stadioni
Shahar: Al Ayn
Sig‘imi: 16000

1996 yil qurib bitkazilgan stadion 2003 yilgi U-20 Jahon chempionati o‘yinlariga ham mezbonlik qilgan. "Xazza bin Zayd" qurilgach, Al Ayndagi ikkinchi stadionga aylandi. Mazkur stadionda O‘zbekiston terma jamoasi guruhdagi uchinchi o‘yinni Yaponiyaga qarshi o‘tkazadi.

Bu stadionda o‘tadigan Osiyo Kubogidagi o‘yinlar ro‘yxati:
7 yanvar Xitoy - Qirg‘iziston
10 yanvar Iordaniya - Suriya
13 yanvar KXDR - Qatar
15 yanvar Avstraliya - Suriya
17 yanvar Yaponiya - O‘zbekiston
21 yanvar 1/8 final
Narzulla Saydullayev tayyorladi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo Kubogi-2019 o‘yinlari o‘tkaziladigan stadionlar haqida (foto)