18:26 / 01.01.2019
3 667

Ignatiy Nesterov Osiyo Kubogi rekordchisiga aylanishi aniq

Ignatiy Nesterov Osiyo Kubogi rekordchisiga aylanishi aniq
Shu hafta oxirida 17-marotaba tashkil etayotgan Osiyo Kubogi bahslariga start beriladi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi «F» guruhida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston terma jamoalari bilan bir guruhda kurash olib boradi. OFK rasmiy sayti BAA-2019 ishtirokchilariga oid ba’zi qiziqarli ma’lumotlarni chop etdi.

Yaponiya – eng ko‘p chempionlik
1956 yildan buyon o‘tkazib kelinadigan Osiyo Kubogida «samuraylar»ning debyuti 1992 yilga to‘g‘ri keladi. Shunday bo‘lsa-da, o‘tgan davr mobaynida yaponlar jami 4 marta chempionlikni qo‘lga kiritib, bu borada qit’aning eng yetakchi jamoasiga aylanib bo‘lishgan. Yaponiya 1992, 2000, 2004 va 2011 yillarda bosh sovrin sohibi bo‘lgan.

O‘zbekiston – eng ko‘p marta qatnashgan futbolchi
Ignatiy Nesterov uchun BAAdagi chempionat beshinchi Osiyo Kubogi bo‘ladi. Bu – musobaqa uchun rekord natija. Hozirga qadar Osiyoning hech bir futbolchisi bunday ko‘rsatkich qayd eta olmagan. Server Jeparov ham bu galgi turnirda qatnashganida, u ham shunday natija sohibiga aylangan bo‘lardi, ammo Kuper uni terma jamoaga jalb etmadi.

Ummon – armon pley-off
Ummon terma jamoasi hozirga qadar 3 marta Osiyo Kubogida qatnashgan bo‘lib, har uchala safar ham ishtirokini guruh bosqichidayoq yakunlagan.

Turkmaniston - 15 yildan so‘ng
Bu yurt terma jamoasi ikkinchi marotaba qit’a birinchiligi final bosqichida qatnashmoqda. Turkmanlar debyutda ham O‘zbekiston bilan bir guruhdan joy olishgandi. 2004 yil Xitoyda o‘tgan turnir guruh bosqichida Mirjalol Qosimovning yagona goli O‘zbekistonga g‘alaba keltirgan. Hozirgi tarkibdagi Ignatiy Nesterov va Marat Bikmayev o‘sha uchrashuvda to‘liq vaqt davomida maydonda bo‘lishgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ignatiy Nesterov Osiyo Kubogi rekordchisiga aylanishi aniq