19:13 / 01.01.2019
3 467

Makgregor Meyvezerning g‘alabasiga munosabat bildirdi

Makgregor Meyvezerning g‘alabasiga munosabat bildirdi
Aralash yo‘nalish (MMA) bo‘yicha irlandiyalik jangchi Konor Makgregor amerikalik kichik Floyd Meyvezerning yaponiyalik Tensin Nasukava ustidan qozongan g‘alabasiga munosabat bildirdi. Makgregor bu haqda Twitter’dagi sahifasida yozgan.

«Bu to‘qqiz million dollar (Nasukava bilan jang uchun Meyvezerning gonorari) seni mening ro‘yxatim yuqori qismida uzoq vaqtga ushlab turmaydi, yigitcha», - deya yozgan irlandiyalik.

Makgregor gap qaysi ro‘yxat haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan. U yozuvga #Forbesy xeshtegini qo‘ydi. Ehtimol, jangchi Forbes ro‘yxatini nazarda tutgan. Yil yakunlariga ko‘ra, Forbes Meyvezerni dunyoda eng ko‘p haq to‘lanadigan sportchi (285 million dollar) deb topdi. Makgregor 99 million dollar bilan reytingning to‘rtinchi pog‘onasidan joy oldi. Bokschidan tashqari, u Lionel Messi (111 million) va Krishtianu Ronalduga (108 million) imkoniyatni boy berdi.

31 dekabr kuni Yaponiyada kikbokschi Nasukava bilan bo‘lib o‘tgan jang uchun Meyvezer to‘qqiz million dollar ishlab oldi. Boks qoidalari bo‘yicha o‘tkazilgan bahs birinchi raundda yakunlandi. Amerikalik raqibini uch marta nokdaunga uchratdi, shundan so‘ng Nasukavaning jamoasi jangni to‘xtatishga qaror qildi. Qarama-qarshilik natijasi sportchilar rasmiy statistikasida qayd etilmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Makgregor Meyvezerning g‘alabasiga munosabat bildirdi