23:04 / 01.01.2019
3 319

«Arsenal» London derbisida «Fulxem»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

«Arsenal» London derbisida «Fulxem»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Angliya chempionatining 21-turidan o‘rin olgan «Arsenal» – «Fulxem» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Emireyts» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlarning qo‘li baland keldi.

Uchrashuvning 25-daqiqasida Granit Jaka o‘zining aniq zarbasi bilan «to‘pchilar»ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim debyutida Aleksandr Lyakazett jamoasining ikkinchi golini urdi.

65-daqiqada mehmonlar Kamaraning aniq zarbasidan so‘ng hisobni qisqartirshga muvaffaq bo‘lishgandi. Biroq bunga «Arsenal» futbolchilari yana ikkita to‘p bilan javob qaytarishdi.

79–daqiqada Aoron Remsi maydonga tushishi bilan mezbonlarning uchinchi golini urgan bo‘lsa, 83-daqiqada Per-Emerik Obameyang hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Shu tariqa, «Arsenal» ochkolarini 41taga yetkazib oldi va beshinchi o‘rinda qolmoqda. «Kardiff» (18) 16-o‘rinda bormoqda.
APL, 21-tur
Arsenal – Fulxem 4:1 (1:0, 3:1)
Gollar:
1:0 – 25 Jaka, 2:0 – 55 Lyakazett, 2:1 – 69 Kamara, 3:1 – 79 Remsi, 4:1 – 83 Obameyang.

Arsenal – Leno, Koselni, Mustafi (Torreyra, 46), Kolashinats, Papastatopulos, Genduzi, Meytlend-Naylz, Jaka, Ivobi (Saka, 83), Obameyang, Lyakazett (Remsi, 75).
Fulxem – Riko, Le Marshan, Rim, Brayen, Odoi, Shyurrle (Kamara, 61), Kerni, Sessenon, Sisse (Seri, 61), Kristi (Fosu-Mensa, 56), Mitrovich.
Ogohlantirish: Fosu-Mensa (77).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Arsenal» London derbisida «Fulxem»ni yirik hisobda mag‘lub etdi