09:53 / 02.01.2019
3 849

O‘zbekiston terma jamoasi BAAga jo‘nab ketdi (video)

O‘zbekiston terma jamoasi BAAga jo‘nab ketdi (video)
Xabaringiz bor, bir necha kundan so‘ng Birlashgan Arab Amirliklarida futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi start oladi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston terma milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi. Hamyurtlarimiz Osiyo Kubogining "F" guruhida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston terma jamoalariga qarshi kurash olib boradilar.

Bugun ana shu musobaqada ishtirok etadigan terma jamoamiz a’zolari BAAga jo‘nab ketdilar. Futbolchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kuzatildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi guruhdagi ilk uchrashuvni 9 yanvar kuni Ummon terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Ikkinchi o‘yin 13 yanvar kuni Turkmanistonga qarshi bo‘lib o‘tsa, yigitlarimiz guruhdagi so‘nggi bahsda 17 yanvar kuni Yaponiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadilar.

[media=https://www.youtube.com/embed/j40eZobRobs]

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoasi BAAga jo‘nab ketdi (video)