23:44 / 02.01.2019
3 393

Raqibimiz Ummon termasi bizga qarshi o‘yin oldidan Tailandni mag‘lub etdi

Raqibimiz Ummon termasi bizga qarshi o‘yin oldidan Tailandni mag‘lub etdi
Osiyo kubogi musobaqasi oldidan bir qator terma jamoalar o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishmoqda. Ularning birida guruh bosqichidagi raqibimiz Ummon termasi Tailand bilan bahs yuritdi.

Ushbu bahsda ummonliklar ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. 25-daqiqada Ahmad Kano hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim debyutida Muhsin al G‘assoniy hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi - 2019 musobaqasida Ummon, Turkmaniston va Yaponiya bilan bir guruhdan joy olgan. Hamyurtlarimiz 9 yanvar kuni musobaqa 1-turida Ummon bilan bahs olib boradilar.

O‘rtoqlik uchrashuvi
Ummon – Tailand 2:0 (1:0, 1:0)

Gollar: 1:0 – 25 Kano, 2:0 – 55 Al G‘assoniy.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Raqibimiz Ummon termasi bizga qarshi o‘yin oldidan Tailandni mag‘lub etdi