06:28 / 03.01.2019
3 080

Ummon termasi shu paytgacha Osiyo Kubogida umuman guruhdan chiqa olmagan

Ummon termasi shu paytgacha Osiyo Kubogida umuman guruhdan chiqa olmagan
Yana 2 kundan so‘ng BAA mamlakatida Osiyo Kubogi start oladi.
O‘zbekiston terma jamoasi ushbu musobaqani Ummonga qarshi bahs bilan boshlaydi. Ilk turdagi raqibimiz to‘rtinchi marta qit’a chempionatida ishtirok etadi.

Oldingi uchta musobaqaning barchasida Ummon guruhda qolib ketgan.
2004 yil Xitoyda o‘tgan Osiyo Kubogida Ummon Yaponiyaga yutqazgan (0:1), Eron bilan durang o‘ynagan (2:2) va Tailandni mag‘lub etgan (2:0). To‘rt ochko to‘plagan Ummon uchinchi o‘rinni olgan.

2007 yilgi musobaqada Ummon Avstraliya (1:1) va Iroq (0:0) bilan durang o‘ynagan, Tailandga yutqazgan (0:2). Ummon ikki ochko bilan so‘nggi o‘rinni egallagan edi.

Nihoyat Avstraliyada o‘tgan Osiyo Kubogida Ummon Janubiy Koreya (0:1) va Avstraliyaga (0:4) yutqazgan hamda Kuvaytni mag‘lub etgan (1:0). Uch ochko bilan bo‘lajak raqibimiz uchinchi o‘rinni band etgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ummon termasi shu paytgacha Osiyo Kubogida umuman guruhdan chiqa olmagan