21:38 / 03.01.2019
4 141

Xabib Nurmagomedov UFC reytingida pastladi

Xabib Nurmagomedov UFC reytingida pastladi
Amerikalik aralash yakkakurash jangchisi Jon Jons Mutlaq jangchilik chempionatining (UFC) barcha vazn toifalari hisobga olingan reytingida rossiyalik Xabib Nurmagomedovdan oldinga o‘tib oldi. To‘liq reyting UFC saytida e’lon qilingan.

UFC’ning 2018 yildagi oxirgi musobaqasida Jons shvetsiyalik Aleksandr Gustafssonni mag‘lub etib, yarim og‘ir vazn toifasida UFC chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. U bu natijasi evaziga reytingning 2-o‘rniga ko‘tarilib oldi.

Avval bu o‘rinni egallagan Nurmagomedov 3-o‘ringa tushib ketdi. Ro‘yxatga esa og‘ir vazn toifasidagi amaldagi chempion, amerikalik Deniyel Korme yetakchilik qilmoqda. Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregorni mag‘lub etgandan keyin 2-o‘ringa ko‘tarilib olgandi.

Nurmagomedov birorta jangini yutqazmagan, uning hisobida 27 jangdan 27 g‘alaba bor. Jons esa oktagonda 23 ta g‘alabaga erishgan va bir jangida taqiqlangan zarbalarni bajargani uchun unga mag‘lubiyat berilgan. Uning yana bir jangi bo‘lib o‘tmagan deb tan olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xabib Nurmagomedov UFC reytingida pastladi