06:28 / 04.01.2019
3 232

Anzur Ismoilov: "Osiyo Kubogi boshlanishini intiqlik bilan kutyapmiz"

Anzur Ismoilov: "Osiyo Kubogi boshlanishini intiqlik bilan kutyapmiz"
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Anzur Ismoilov Osiyo Kubogi musobaqasiga davom etayotgan tayyorgarlik haqida O‘FA Matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bugungi kun juda samarali o‘tdi. OFK tomonidan tashkil etilgan yig‘ilishda qatnashdik, yig‘ilish davomida ko‘plab muhim ma’lumotlar haqida xabardor bo‘ldik. Ayniqsa, musobaqa davomida amal qiladigan qoidalar bilan yaqindan tanishganimiz foydali bo‘ldi. Futbol qoidalarida muntazam ravishda o‘zgarishlar bo‘layotgani, yanada mukammallikka intilishayotgani yaxshi albatta. Osiyo Kubogi davomida ushbu qoidalarga amal qilishga intilamiz.

Musobaqa boshlanishini barchamiz intiqlik bilan kutyapmiz. Birinchi o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ketyapti. Ko‘proq kombinatsion o‘yin namoyish qilishga, tezkor paslar bilan hujumlar tashkil qilishga e’tibor qaratilmoqda. Murabbiy bizdan maydonda borimizni berib o‘ynashni talab qilyapti. Biz uning bu talabini to‘liq bajarishga harakat qilamiz", - deydi Anzur Ismoilov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Anzur Ismoilov: "Osiyo Kubogi boshlanishini intiqlik bilan kutyapmiz"