23:53 / 04.01.2019
3 412

Osiyo Kubogi. Bahrayn bosh murabbiyi: “Bizning jamoada yulduz yoʻq, jamoa bor”

Osiyo Kubogi. Bahrayn bosh murabbiyi: “Bizning jamoada yulduz yoʻq, jamoa bor”
Osiyo Kubogi 1-turidan oʻrin olgan BAA - Bahrayn uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida bahraynliklar ishtirok etishdi.
"Osiyo Kubogida oʻynashimizdan xursandman. Musobaqa mezboniga qarshi ochilish oʻyinida maydonga tushishimiz ikki karra quvonchli.

Albatta, guruhda biz favorit emasmiz. Ammo mening jamoam oxirgi yilda anchayin kuchaydi. Osiyo Kubogiga tayyorligimizni his qilayapman.
Umid qilamanki futbolchilarimda BAAni magʻlub etish istagi juda yuqori boʻladi. Balki yutqazarmiz, ammo maydonni boshimizni baland koʻtarib chiqib ketishimizni istayman.

BAA terma jamoasini bilamiz, uning kuchli tomonlarini hurmat qilamiz. Guruhda aynan shu jamoa favorit. Ammo biz nima ham qila olardik. Imkon qadar yaxshi oʻyin koʻrsatishga urinamiz, natija qanday boʻlishini vaqt koʻrsatadi.

2016 yil Bahraynga kelganimdan keyin jamoani oʻzgartirishni boshladik. Hozir bizda juda yosh jamoa bor. Ammo bu muammo boʻladi deb oʻylamayman. Aslida bu haqda oʻylayotganim yoʻq. Bizning jamoada Abdulvohob Ali kabi tajribali oʻyinchilar ham bor. Bahrayn safida yulduz yoʻq, bizda jamoa bor", - deydi Miroslav Soukup.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo Kubogi. Bahrayn bosh murabbiyi: “Bizning jamoada yulduz yoʻq, jamoa bor”