09:36 / 05.01.2019
3 339

Bugun Osiyo Kubogi musobaqasiga start beriladi

Bugun Osiyo Kubogi musobaqasiga start beriladi
Bugun, 5 yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklarida 17-Osiyo Kubogi musobaqasiga start beriladi. Musobaqadan o‘rin olgan uchrashuvlar 4 ta shaharda: Abu Dabi, Dubay, Sharja va Al-Ayn shaharlarida bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati.

Tarixda birinchi marta turnirda 24 ta terma jamoa ishtirok etadi.

Bugun Abu-Dabi shahridagi "Zayd Sport Siti" o‘yingohida musobaqaning ochilish uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda mezbon BAA terma jamoasi Bahraynga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston musobaqadan o‘rin olgan dastlabki uchrashuvni 9 yanvar kuni Sharja shahrida Ummon terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun Osiyo Kubogi musobaqasiga start beriladi