11:34 / 05.01.2019
3 616

"Nasaf"ning sobiq legioneri "Navbahor"ga o‘tmoqdami?

"Nasaf"ning sobiq legioneri "Navbahor"ga o‘tmoqdami?
O‘tgan mavsumning birinchi yarmini “Nasaf” klubida o‘tkazgan serbiyalik himoyachi Slavko Lukich ayni damda “Navbahor” ko‘rigida bo‘lib turibdi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 29 yoshli futbolchi tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tsa, “lochinlar” u bilan shartnoma imzolashadi.

Ma’lumot uchun, Lukich “Nasaf”dan ketgach faoliyatini Serbiya Oliy ligasi ishtirokchisi hisoblangan “Zemun” klubi safiga borib qo‘shilgan edi. U qarshiliklar safida Superligada jami 14 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 2 ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, "Navbahor" o‘tgan mavsum davralar oralig‘ida "Nasaf"ning rossiyalik legioneri - Igor Golbanni o‘z safiga qo‘shib olgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf"ning sobiq legioneri "Navbahor"ga o‘tmoqdami?