00:45 / 06.01.2019
2 883

O‘zbekiston MTJ Sharja shahridagi dastlabki mashg‘ulotni o‘tkazdi (foto)

O‘zbekiston MTJ Sharja shahridagi dastlabki mashg‘ulotni o‘tkazdi (foto)
Futbolchilarimiz bugun Sharjadagi "Sharjah Club Al Hazana" o‘yingohida dastlabki mashg‘ulotni o‘tkazishdi. Mashg‘ulot davomida tezkor uzun paslar bilan hujumga o‘tishga va havodagi to‘p uchun kurashishga asosiy e’tibor qaratildi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Shundan so‘ng futbolchilar ikki guruhga bo‘lingan holda futbol o‘ynashdi. Kuper ularning xatti-harakatlarini kuzatib, vaqti-vaqti bilan alohida futbolchilarni yoniga chaqirib, ularga ko‘rsatmalar berib turdi.

Ertaga Sharjadagi mashg‘ulotlar davom ettiriladi.










arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston MTJ Sharja shahridagi dastlabki mashg‘ulotni o‘tkazdi (foto)