O‘zbekiston MTJ yarim himoyachisi Otabek Shukurov o‘zi to‘p suradigan Sharja shahridagi ilk mashg‘ulotlardan keyin O‘FA Matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Osiyo Kubogiga tayyorgarlik a’lo darajada. Barchamiz Ummonga qarshi o‘yinga jiddiy tayyorlanyapmiz. Birinchi o‘yinni yaxshi natija bilan boshlab olish muhim. Keyingi o‘yinlarda shunga qarab qadam tashlanadi. Barcha futbolchi va murabbiylar buni juda yaxshi his qilib turishibdi. Ummonga qarshi chiroyli o‘yin namoyish qilib, g‘alaba qozonishga va yurtimizdagi millionlab futbol muxlislarini xursand qilishga tayyormiz!
Sharja shahri menga begona emas. Bir yildan oshiqroq vaqt davomida bu yerda to‘p surmoqdaman. Birinchi navbatda bu shaharning iqlimiga moslashib olganman. Shu sababli Sharjadagi o‘yin men uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Osiyo Kubogi juda nufuzli musobaqa. Mazkur musobaqada bizga bildirilayotgan ishonchni oqlashga harakat qilamiz", - deydi Otabek Shukurov. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi