10:39 / 06.01.2019
2 953

Finlyandiya yoshlar terma jamoasi xokkey bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

Finlyandiya yoshlar terma jamoasi xokkey bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
Finlyandiya yoshlar terma jamoasi Kanadada o‘tgan jahon chempionati finalida AQSh termasini mag‘lub etib, jahon chempioniga aylandi.

Vankuverda o‘tgan uchrashuv finlar foydasiga 3:2 (0:0, 1:0, 2:2) hisobida yakunlandi. Shaybalarni finlar tarkibida Yesse Yulonen (32-daq.), Otto Latvala (47-daq.) va Kaapo Kakko (59-daq.), amerikaliklar safida Aleksandr Xmelevskiy (48-daq.) va Josh Norris (49-daq.) kiritdilar.

Bronza medallarni shveysariyaliklarni 5:2 hisobida yutgan Rossiya terma jamoasi qo‘lga kiritdi. Finlyandiya jahon chempioni nomiga 5-marta sazovor bo‘lmoqda. Bungacha terma jamoa ushbu unvonni 1987, 1998, 2014, 2016 yillarda qo‘lga kiritgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Finlyandiya yoshlar terma jamoasi xokkey bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi