15:38 / 06.01.2019
2 689

Bahrayn termasi ustozi: "Durang adolatli natija bo‘ldi"

Bahrayn termasi ustozi: "Durang adolatli natija bo‘ldi"
Ochilish uchrashuvida BAA va Bahrayn terma jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi va unda kuchlar teng keldi - 1:1. Bellashuvdan so‘ng bahraynliklar ustozi Miroslav Soukup o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Uchrashuvdan oldin kimdir durang bo‘lishini aytganida, bunga rozi bo‘lar edim. Odamlar bizga omad kulib boqdi deb o‘ylamoqda, chunki BAA yaxshi jamoa va ilk bo‘limda yaxshi o‘yin namoyish etdi. Menimcha, bu natija albatta yaxshi.

Tanaffusida yigitlar bilan gaplashganimdan so‘ng ikkinchi bo‘limda yaxshi harakat qildik. G‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi, ammo biz BAAdan keragidan ko‘p qo‘rqib yubordik nazarimda. Futbolchilarim xato qilishdan qo‘rqib harakat qilishdi.

Umuman olganda o‘yinni ko‘rib, 1:1 hisobi adolatdag bo‘ldi deyishim mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahrayn termasi ustozi: "Durang adolatli natija bo‘ldi"