23:26 / 06.01.2019
3 364

Osiyo Kubogi-2019. Suriya Falastinni mag‘lub etolmadi

Osiyo Kubogi-2019. Suriya Falastinni mag‘lub etolmadi
Osiyo Kubogi-2019 musobaqasining 1-turidan o‘rin olgan Suriya va Falastin terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Bugungi dasturning so‘nggi o‘yinida hisob ochilmadi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalari suriyaliklar tashabbusida o‘tdi va Falastin vakillari himoyaviy uslubni tanlashdi. Ikkinchi bo‘limga kelib jamoalar biroz jonlanishdi va bir qator imkoniyatlarga ega bo‘lishdi.

69-daqiqada falastinliklar vakili Muhammad Saleh ikkinchi sariq kartochkasini olib maydonni tark etdi. Shundan so‘ng Suriya futbolchilari raqib jarima maydonida tomonda kuchli bosimni yuzaga keltirishdi. Biroq bu urinishlar samara keltirmadi.

Shu tariqa, В guruhida vaziyat quyidagicha tus oldi: 1. Iordaniya (3); 2. Suriya (1); 3. Falastin (1), 4. Avstraliya (0).

Osiyo Kubogi-2019, 1-tur
Suriya – Falastin 0:0 (0:0, 0:0)


Suriya – Ibrohim Alma, Jehad al Baur, Muayyad Al Ajan, Ahmad Al Solih, Abdul Malak Anizon, Tamer Haj Muhammad (Ahmad Ashkar, 81), Fahad Yussuf, Muhammad Al Midoniy (Muhammad Usmon, 73), Osama Omari (Yusuf Halfa, 41), Umar Al Soma, Umar Xrbin.

Falastin – Rami Hamada, Musab Battat, Abdullatif al Badari, Abdulloh Jaber, Maraba, Muhammad Soleh, Kantilyana (Shodi Shaban, 76), Tamer Seyam, Tamburrini (Aleksis Norambuena, 64), Muhammad Darvish, Pablo Bravo (Vodiy, 82).

Ogohlantirishlar: Kantilyana (5), Soleh (44), Battat (59), Muhammad (75), Ashkar (90).
Chetlatish: Soleh (69).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo Kubogi-2019. Suriya Falastinni mag‘lub etolmadi