"Real" o‘z uyida mag‘lub bo‘ldi, "Atletiko" safarda "Sevilya" bilan durang o‘ynadi

  • 07 yanvar 2019, 09:58
  • 462
  • Sport
  • "Real" o‘z uyida mag‘lub bo‘ldi, "Atletiko" safarda "Sevilya" bilan durang o‘ynadi
    Ispaniya chempionati 18-turidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yinlar o‘tkazildi. "Real Madrid" o‘z maydonida "Real Sosedad"ni qabul qilib, 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 3-daqiqada Villian Joze penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochgan bo‘lsa, yana bir gol 83-daqiqada Pardo tomonidan kiritildi.
    "Atletiko Madrid" esa "Sevilya" maydoniga safar qilib, durang qayd etdi. Maydon egalari safida Ben-Yedder golga mualliflik qilgan bo‘lsa, mehmonlarning goli Grizmann tomonidan kiritildi.

    Real Madrid – Real Sosedad 0:2

    Gollar:
    0:1 – 3, penalti Villian Joze, 0:2 – 83 Pardo.
    Real Madrid – Kurtua, Varan, Marselo (Regilon, 77), Karvaxal, Ramos, Modrich, Kazemiro (Isko, 57), Vaskes, Kroos (Sebalos, 80), Vinisius Junior, Benzema.
    Real Sosedad – Ruli, Lorente, Munos (Subeldiya, 84), Elustondo (Saldua, 69), Moreno, Surutusa, Ilyarramendi, Yanuzay, Merino (Pardo, 73), Oyarsabal, Villian Joze.
    Ogohlantirishlar: Villian Joze (36), Vaskes (40), Marselo (52), Modrich (75), Isko (88).
    Chetlatish: Vaskes (61).

    Sevilya – Atletiko Madrid 1:1

    Gollar:
    1:0 – 37 Ben-Yedder, 1:1 – 45 Grizmann.
    Sevilya – Vatslik, Karrisu, Gomes, Eskudero, Nyanon (Amadu, 90), Sarabiya (Promes, 79), Navas, Mesa, Banega, Ben-Yedder (Salvaterra, 90), Andre Silva.
    Atletiko – Oblak, Godin, Savich, Xuanfran, Saul, Koke, Rodri Ernandes, Lemar (Vitolo, 60), Parti, Korrea (Montero, 79), Grizmann.
    Ogohlantirishlar: Korrea (14), Navas (45), Sarabiya (47), Saul (49), Grizmann (54), Banega (72), Rodri Ernandes (77), Godin (78), Parti (90), Andre Silva (90), Savich (90), Karrisu (90).

    Eybar – Vilyarreal 0:0

    » » "Real" o‘z uyida mag‘lub bo‘ldi, "Atletiko" safarda "Sevilya" bilan durang o‘ynadi