12:13 / 07.01.2019
4 056

Superliganing 2019 yilgi mavsum taqvimi e’lon qilindi

Superliganing 2019 yilgi mavsum taqvimi e’lon qilindi
Professional futbol ligasi 2019 yilgi mavsum uchun taqvimini taqdim etadi. Bunda FIFA kunlari, Osiyo chempionlar ligasi musobaqasi va bayramlarimiz inobatga olingan. Kuz fasliga qadar milliy terma jamoa va boshqa masalalarda qandaydir o‘zgarishlar yuz bermasa, taqvimda o‘zgarish yuz bermasligi kerak. PFL taqvim o‘zgaravermasligi uchun bor imkoniyatini ishga soladi.

Rejaga ko‘ra, 23 fevral kuni “Lokomotiv” va AGMK jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston Superkubogi bellashuvi bo‘lib o‘tadi. Chempionat starti esa 1 mart sanasiga to‘g‘ri keladi.

Joriy mavsumdan boshlab PFL pulka o‘yinlarini yo‘qqa chiqarib, uning o‘rniga PFL kubogini joriy qilmoqda. Mazkur musobaqa mart oyidagi FIFA kunlari arafasida start oladi. Unda Pro-liga “B” talablariga javob bergan futbol klublari ishtirok etadi. Musobaqada, shuningdek, o‘z hududining 2-liga bellashuvlarida zafar quchgan hamda yuqoridagi talabga javob bergan klublar ham qatnashishi mumkin. Musobaqa g‘olibini unutilmas va anchagina qimmat sovg‘a kutadi.

Pro-liga “A” va “B” 1 apreldan e’tiboran start olishi ko‘zda tutilgan. Shunga qaramay, barcha ligalarda o‘yinlar dekabrga qadar yakuniga yetib ulguradi. Rejaga ko‘ra, Superligada so‘nggi ikki o‘rinni egallagan jamoa Pro-liga “A”ga ravona bo‘ladi. 10-o‘rin egasi esa Superligada jon saqlab qolish uchun Pro-liga “A”ning uchinchi jamoasiga qarshi safar o‘yinida ishtirok etadi.

O‘zbekiston kubogining formati 2018 yildagi kabi qoladi. Unda finalgacha bo‘lgan barcha o‘yinlar faqat bitta uchrashuvdan iborat bo‘ladi. Raqiblar va mezbon klublar jonli efirda qur’a yordamida aniqlanadi. Ya’ni, faqatgina final emas, ungacha bo‘lgan o‘yinlar ham finalga teng bo‘ladi. Kubok bellashuvlarida har uch liga vakillari ishtirok etishi mumkin bo‘ladi. Final 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Final mezboni kim bo‘lishi keyinroq ma’lum qilinadi.

Futbol bo‘yicha 2019 yilgi O‘zbekiston Superligasi hamda mamlakat kubogi uchrashuvlarining taqvimi

Superkubok – 23 fevral

1-tur — 1-2-3 mart
OChL — 4-5-6 mart
2-tur — 8-9-10 mart
OChL — 11-12-13 mart
Kubok PFLUz – 11 - 17 (26) mart
FIFA — 18—26 mart
3-tur — 29-30-31 mart
4-tur — 5-6-7 aprel
OChL — 8-9-10 aprel
5-tur — 12-13-14 aprel
6-tur — 19-20-21 aprel
OChL — 22-23-24 aprel
7-tur — 26-27 aprel
Kubok 1/32 – 30 aprel-1 may
8-tur — 3-4-5 may
OChL — 6-7-8 may
9-tur — 10-11-12 may
10-tur — 17-18-19 may
OChL — 20-21-22 may
11-tur — 25-26 may
12-tur — 31 may-1 iyun
FIFA — 3—11 iyun
13-tur — 14-15-16 iyun
OChL — 17-18-19 iyun
Kubok 1/16 – 19 iyun
14-tur — 21-22-23 iyun
OChL — 24-25-26 iyun
Kubok 1/16 – 26 iyun
15-tur — 28-29 iyun
Kubok 1/8 — 2-3 iyul
16-tur — 6-7 iyul
Tanaffus — 8-21 iyul
17-tur — 22-23 iyul
18-tur — 26-27 iyul
19-tur — 30-31 iyul
Kubok 1/4 — 3-4 avgust
Ochiq kun — 8 avgust
20-tur – 11 avgust
21-tur — 14 avgust
Kubok 1/2 — 17-18 avgust
22-tur – 23 avgust
FIFA — 2-10 sentyabr
23-tur – 12-13-14 sentyabr
24-tur — 20-21 sentyabr
25-tur — 24-25 sentyabr
26-tur – 28-29 sentyabr
27-tur – 2-3 oktyabr
FIFA — 7-15 oktyabr
28-tur — 19-20 oktyabr
Kubok Final — 26 oktyabr
29-tur — 29-30 oktyabr
30-tur – 2-3 noyabr
31-tur – 7-8 noyabr
FIFA — 11-19 noyabr
32-tur – 23 noyabr
33-tur – 30 noyabr

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliganing 2019 yilgi mavsum taqvimi e’lon qilindi