12:36 / 07.01.2019
3 707

Ummonga qarshi oʻyinda terma jamoamizni 500 dan ortiq muxlislar qoʻllab-quvvatlaydi

Ummonga qarshi oʻyinda terma jamoamizni 500 dan ortiq muxlislar qoʻllab-quvvatlaydi
Ayni daqiqalarda Ostona aeroportida boʻlib turgan muxlislar ham koʻtarinki kayfiyatda terma jamoamizni olqishlash uchun tayyorgarlik koʻrishmoqda. Oʻziga xos kuy-qoʻshiqlar bilan xursandchiliklarni boshlab yuborishgan. Qaysi muxlis bilan gaplashmaylik, hammasi milliy terma jamoamizdan faqat chempionlikni kutishayotganini izhor etishmoqda. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining muxlislar bilan ishlash boʻlimi yetakchisi Otabek Odilov biz bilan suhbat chogʻida futbolchilarimizni qoʻllab-quvvatlash uchun alohida tayyorgarlik koʻrishayotganini va eng muhimi jamoamizdan faqat chempionlikni kutishayotganini alohida taʼkidladi.

- Albatta, muxlislar tomonidan ushbu musobaqaga oldindan katta tayyorgarlik koʻrildi va Osiyo Kubogini katta qiziqish bilan kutdik, - deydi biz bilan suhbatda Otabek Odilov. - Nihoyat, biz kutgan kunlar ham yetib keldi. Oʻzbekiston terma jamoasining fan-klub aʼzolari tezroq Dubayga yetib borishni intiqlik bilan kutib oʻtiribmiz. Hozirgi xursandchiliklarimiz ichimizga sigʻmayapti. Tezroq terma jamoamiz bilan uchrashish va futbolchilarimizga yuqori kayfiyat ulashishni xohlayapmiz. Shu yerning oʻzidan ham unumli foydalanib kerak boʻlsa oʻyinchilarimizni ruhlantirish uchun videomurojaatlar qilyapmiz. Hozirdan qoʻlimizdan keladigan barcha qoʻllab-quvvatlashlarni amalga oshiryapmiz. Koʻrib turibsiz, Osiyo Kubogida kutilmagan natijalar boʻlmoqda. Lekin terma jamoamiz gʻalaba qozonsa buni aslo kutilmagan natija deb boʻlmaydi. Rosti, biz muxlislar jamoamizdan faqat chempionlikni kutyapmiz.

- Rejalarimiz katta. Terma jamoamiz ishtirok etadigan stadionlarga muxlislarimizning tashrifi koʻpayishi kutilmoqda. Maxsus sektorlarda muxlislarimiz uchun terma jamoamizni oʻziga xos tarzda qoʻllab-quvvatlash uchun sharflar, futbolka va atributikalar bilan taʼminlamoqchimiz. Katta-katta bayroqlarni olib keldik. Maxsus qoʻshiqlar kuylaymiz, xullas albatta yangiliklar boʻladi. Oʻyin chogʻida stadionda yevropacha muhitni yaratmoqchimiz. Oʻylaymanki, bu stadionda chiroyli muhitni yuzaga keltiradi.

- Birinchi oʻyinda kamida 500 nafardan ziyod oʻzbekistonlik ishqibozlarning qoʻllab-quvvatlashi kutilmoqda. Qolaversa, BAAning oʻzida ishlayotgan, oʻqiyotgan yurtdoshlarimiz ham koʻp va ular ham oʻyinlarni sabrsizlik bilan kutishyapti.
Shuhratbek Joʻrayev

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ummonga qarshi oʻyinda terma jamoamizni 500 dan ortiq muxlislar qoʻllab-quvvatlaydi