14:53 / 07.01.2019
4 092

Osiyo Kubogi. Bugungi o‘yinlar anonsi bilan tanishing

Osiyo Kubogi. Bugungi o‘yinlar anonsi bilan tanishing
Birlashgan Arab Amirliklari maydonlarida o‘tayotgan Osiyo Kubogi musobaqasi davom etadi. Dastlabki ikki kun bizga har bir o‘yinda o‘ziga xos “syurpiz”larni taqdim etdi.

Bugungi dasturdan uchta o‘yin o‘rin olgan. Dastlab Xitoy terma jamoasi qo‘shnilarimiz Qirg‘iziston bilan bahs olib boradi. Ushbu uchrashuvda Marchello Lippi shogirdlari favorit sanalishmoqda, biroq ortda qolgan o‘yinlardan kelib chiqadigan bo‘lsak, bugun Chin yurti vakillariga oson bo‘lmasligi turgan gap.

S guruhining ikkinchi o‘yinida Janubiy Koreya termasi Filippinga qarshi saf tortadi. Musobaqa g‘olibligiga asosiy da’vogarlardan biri bo‘lgan koreyaliklar turnirga yetakchisisiz tashrif buyurgan Filippinni taslim etishga urinib ko‘radilar.

Shuningdek, bugungi dasturdan D guruhining dastlabki o‘yini ham o‘rin olgan. Eron termasi Yaman bilan kurash olib boradi. Amirliklarga o‘ziga xos motivatsiya bilan tashrif buyurgan Karlush Keyrush shogirdlarini qiyin sinov kutib turibdi.

Osiyo Kubogi-2019, 1-tur

Xitoy – Qirg‘iziston
7 yanvar, 16:00

Janubiy Koreya – Filippin
7 yanvar, 18:30

Eron – Yaman
7 yanvar, 21:00

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo Kubogi. Bugungi o‘yinlar anonsi bilan tanishing