17:20 / 08.01.2019
2 939

Yaponiyalik kikbokschi Konor Makgregor bilan jang qilishga rozi bo‘ldi

Yaponiyalik kikbokschi Konor Makgregor bilan jang qilishga rozi bo‘ldi
Yaponiyalik kikbokschi va MMA jangchisi Tenshin Nasukava o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida UFC’ning sobiq chempioni Konor Makgregorga javob qaytardi.

Avvalroq Makgregorning o‘zi Tenshin bilan MMA qoidalari bo‘yicha ko‘rgazmali jang qilish istagini bildirgandi.

«Hurmatli, janob Makgregor. Ismimni eslaganingiz uchun tashakkur. Men bilan jang qilish istagini bildirishingiz — kamina uchun ulkan sharaf. Balki, tez orada 58 kg vazn toifasida (Konor 70 kg vazn toifasida jang qiladi) va kikboks qoidalari bo‘yicha ringga ko‘tarilarmiz. Bu yil men RISE gran-prisida ishtirok etyapman. Shuning uchun parhez tuting va meni kuting», — deb yozadi Tenshin.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning 31 dekabr kuni Floyd Meyvezer yaponiyalik Tenshin Nasukava bilan ringga chiqib, uni 1-raunddayoq nokautga uchratdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yaponiyalik kikbokschi Konor Makgregor bilan jang qilishga rozi bo‘ldi