20:23 / 08.01.2019
3 607

Pim Verbek: "O‘zbekistonga qarshi kechadigan o‘yinga tayyormiz"

Pim Verbek: "O‘zbekistonga qarshi kechadigan o‘yinga tayyormiz"
Osiyo Kubogi guruh bosqichi, birinchi turi doirasida O‘zbekiston va Ummon terma jamoalari o‘rtasida kechadigan o‘yin oldidan Ummon bosh murabbiyi Pim Verbek va futbolchi Ahmad Muborak Ubayd al Maxaijriy ishtirok etdi.

-O‘yin oldidan kayfiyatlar juda yaxshi. Biz bu o‘yinga juda yaxshi holatda yetib keldik va hozir jiddiy o‘yinning ayni vaqti, deb o‘ylayman. Jamoamiz o‘yinga 100 foiz tayyor holatda.

Mening ixtiyorimda 23 nafar kuchli futbolchilar bor va men ularning har biriga ishonaman. Ertaga juda og‘ir o‘yin bo‘ladi. Umuman, Osiyo Kubogida oson o‘yin bo‘lmaydi.

Biz juda og‘ir guruhga tushganmiz. O‘zbekiston va Yaponiyaga qarshi maydonga tushishimiz kerak. Har qancha og‘ir bo‘lmasin, biz bu uchrashuvlarda muvaffaqiyat uchun harakat qilishimiz kerak.

Biz O‘zbekistonga mag‘lub bo‘lamiz, deb o‘ylamayman. Hamma ham birinchi o‘yinni yutishni istaydi. Albatta hamma narsa bo‘lishi mumkin. Biz guruhda uchta o‘yinda maydonga tushamiz va har bir ochko uchun kurash olib boramiz. Ummon terma jamoasi futbolchilarining mentaliteti shundayki, ular oxiriga qadar kurashadi.

Avstraliyaga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinida bir qator xatolarga yo‘l qo‘ydik va ularni to‘g‘rilash uchun harakat qildik. Umuman, o‘rtoqlik o‘yini shuning uchun ham kerak.

Har bir o‘yinning taktik jihatlari bo‘ladi. Biz uchun eng muhim o‘yin - navbatdagi o‘yin. Hozir keyingi bahs O‘zbekistonga qarshi kechadi. Shunday ekan, eng muhimi hozir shu.

O‘zbekiston terma jamoasini imkon qadar o‘rganishga harakat qildik. Bizda jamoa o‘yinlari yozilgan video bor. Bu jamoa juda kuchli ekanini aytishim mumkin.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pim Verbek: "O‘zbekistonga qarshi kechadigan o‘yinga tayyormiz"