20:37 / 08.01.2019
3 123

Iroq so‘nggi daqiqadagi gol evaziga Vetnam ustidan irodali g‘alabaga erishdi

Iroq so‘nggi daqiqadagi gol evaziga Vetnam ustidan irodali g‘alabaga erishdi
Osiyo Kubogi-2019 musobaqasining 1-turidan o‘rin olgan Iroq va Vetnam terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Gollarga boy bo‘lgan bahsda iroqliklar irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvning 24-daqiqasida vetnamliklar oldinga chiqib olishdi, Ali Fayoz Attiyya o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. 35-daqiqada Hussayn Ali muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi.

Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Nguyen Kong Fiong yana sharqiyosiyoliklarni oldinga olib chiqdi. 60-daqiqada Xuman Tariq hisobni tenglashtirdi. Shundan so‘ng ham jamoalarda bir qator imkoniyatlar yuzaga keldi, ayniqsa iroqliklar so‘nggi daqiqalarda bosimni oshirishdi.

Bu urinishlar 90-daqiqada o‘z samarasini berdi, Ali Adnan jarima zarbasini qoyilmaqom bajarib jamoasiga g‘alaba olib keldi.
Shu tariqa, guruhdagi vaziyat quyidagicha tus oldi: 1.Eron (3), 2.Iroq (3), 3.Vetnam (0), 4.Yaman (0)

Osiyo Kubogi-2019, 1-tur
Iroq – Vetnam 3:2 (1:2, 2:0)
Gollar:
0:1 – 24, avtogol Fayez, 1:1 – 35 Ali, 1:2 – 42 Nguyen Kong Fiong, 2:2 – 60 Tariq, 3:2 - 90 Adnan.

Iroq – Jalol Hassan, Ali Adnan, Frans Dia Xadad, Ali Fayoz Attiyya, Ahmad Ibrohim, Volid Salim, Hussayn Ali, Ahmad Yosin G‘aniy, Abdulloh, Usama Rashid, Ali Qadim.
Vetnam – Dang Van Lam, Do Zyui Man, Tiyen Dung, Kue Ngok Xay, Do Xung Zung, Nguyen Kuang Xay, Liong Syuan Chiong, Nguyen Chong Xoang, Fan Van Dik, Nguyen Fong Xong Zuy, Nguyen Kong Fiong.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Iroq so‘nggi daqiqadagi gol evaziga Vetnam ustidan irodali g‘alabaga erishdi