23:09 / 08.01.2019
3 479

Osiyo Kubogi-2019. Saudiya Arabistoni - Shimoliy Koreya 4:0

Osiyo Kubogi-2019. Saudiya Arabistoni - Shimoliy Koreya 4:0
Osiyo Kubogi-2019 musobaqasining 1-turidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni va KXDR terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Qiziqarli kechgan bahsda saudlarning qo‘li baland keldi.

Uchrashuvni arablar faol boshlashdi va bu 28–daqiqaga kelib o‘z samarasini berdi. Hatan Bahebri chap qanotdan raqib jarima maydoniga yorib kirdi va darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga oldi.

37-daqiqada nominal mezbonlar standart vaziyatni golga aylantirishdi: jarimadan uzatilgan to‘pni Muhammad Al-Fatil butsalarining tag qismi bilan darvozaga to‘g‘irlab yubordi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Xan Kvan Son ikkinchi marta sariq kartochka olib maydonni tark etdi.

70-daqiqada Salim al Dosariy hisobni iyrik ko‘rinishga olib kelgan bo‘lsa, o‘yin yakuni arafasida Fahad al Muvallad raqib himoyachidagi xatodan unumli foydalanib yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Osiyo Kubogi, 1-tur
Saudiya Arabistoni – KXDR 4:0 (2:0, 2:0)
Gollar:
1:0 – 28 Bahebri, 2:0 – 37 Al-Fatil, 3:0 – 70 Al-Dosari, 4:0 – 87 Al-Muvallad.

Saudiya Arabistoni – Muhammad al Ovays, Ali al Bulayhi, Muhammad Al-Fatil, Muhammad Al-Burayk, Yosir al Shahroniy, Hatan Bahebri, Hussayn al Moqahviy, Abdulaziz Al-Bishi, Abdullon Otayf, Salim al Dosariy, Fahad al Muvallad.
KXDR – Ri Myon Guk, Kim Chhol Bom, Chan Kuk Chhol, Li Il Chin, An Son Il, Kim Son Gi, Ri Yon Chik, Ri In Chhol, Xan Kvan Son, Chon Il Gvan, Pak Kvan Ryon.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo Kubogi-2019. Saudiya Arabistoni - Shimoliy Koreya 4:0